Farg‘ona tumanida yana bir pedagog oliy toifaga sazovor bo‘ldi
2026-04-23 15:00:00 / Yangiliklar

Fargʻona tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rus tili fani oʻqituvchisi Jumaboyeva Xushnoza Dilmurod qizi attestatsiya jarayonida yuqori natija ko‘rsatib, 92 ballni qo‘lga kiritdi hamda oliy toifaga ega bo‘ldi.
Mazkur yutuq ustozning fidoyiligi, yuksak kasbiy mahorati va ta’lim sifatini oshirish yo‘lida olib borayotgan samarali faoliyatining amaliy natijasi sifatida e’tirof etilmoqda.
Fargʻona tumani hokimligi, Xalq deputatlari tuman Kengashi hamda keng jamoatchilik nomidan Jumaboyeva Xushnoza Dilmurod qizi ushbu muvaffaqiyati bilan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi faoliyatida yangi yutuqlar, sharafli natijalar hamda barkamol avlod tarbiyasida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
