Farg‘ona tumanida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
2026-04-18 15:05:00 / Ochiq muloqotlar

Farg‘ona tumani hokimi Xamidullo Inomov boshchiligida “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Mazkur qabul aholi bilan ochiq va samarali muloqot o‘rnatish, fuqarolarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish hamda ularni manzilli hal etishga qaratilgan muhim platforma sifatida tashkil etildi. Tadbir davomida fuqarolar tomonidan ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ijaraga joy ajratish, shuningdek, dehqonchilikni samarali tashkil etish uchun suv ta’minoti bilan bog‘liq dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ul tashkilotlar va mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi. Muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, aholining turmush sharoitini yaxshilash hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.Farg‘ona tumani hokimi Xamidullo Inomov boshchiligida “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.






