Farg‘ona tumanining eksklav hududida aholi murojaatlari joyida o‘rganildi
2026-04-14 10:05:00 / Yangiliklar

Prezidentimiz tomonidan chekka hududlardagi aholi murojaatlarini joyiga borib o‘rganish hamda ularni tizimli hal etish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona tumani hokimi Xamidullo Inomov va tuman prokurori Oybek Toshpulatovlar boshchiligida hokim o‘rinbosarlari hamda tuman korxona, tashkilot va muassasalari rahbarlari ishtirokida Farg‘ona tumanining eksklav hududida joylashgan “Hosilot” mahalla fuqarolar yig‘ini Toshtepa ko‘chasi aholisi murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Murojaatlar yuzasidan muammolarni tezkor bartaraf etish, aholining dolzarb masalalariga manzilli yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganishlar yakunida kelib tushgan murojaatlarning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, hudud aholisi uchun qulayliklar yaratish maqsadida qishloq xo‘jaligi ishlarini samarali tashkil etish uchun arzonlashtirilgan mineral o‘g‘itlar yarmarkasi yo‘lga qo‘yildi. Aholining kundalik ehtiyojlarini qondirish maqsadida esa arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi ham tashkil etildi.
Tadbir doirasida mas’ullar tomonidan hududdagi 60-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yaratilgan sharoitlar bilan tanishilib, yoshlarning ta’lim olishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Maktab ma’muriyatiga 100 dan ortiq badiiy adabiyotlar to‘plami, zamonaviy interaktiv doska hamda sport jihozlari topshirildi.






