Farg‘ona tumanidagi sport maktabi maydoni o‘rganildi
2026-04-10 09:30:00 / Yangiliklar

Farg‘ona viloyatida futbol infratuzilmasini rivojlantirish va mavjud sport obyektlari holatini yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
Farg‘ona viloyati futbol assotsiatsiyasi mutaxassislari hamda Farg‘ona viloyati sport boshqarmasi vakillari tomonidan Farg‘ona tumani 2-son sport maktabiga tashrif buyurildi. Tashrif davomida mazkur sport maktabiga qarashli futbol maydonining hozirgi holati atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida maydon qoplamasi, sug‘orish tizimi, yoritish vositalari hamda umumiy infratuzilma holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, sport maktabi hududida yosh futbolchilar uchun yaratilgan sharoitlar, kiyinish xonalari, mashg‘ulot o‘tkazish imkoniyatlari va xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Farg‘ona viloyati futbol assotsiatsiyasi tomonidan bu kabi o‘rganish ishlari viloyatning barcha hududlarida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan.






