Farg‘ona tumanida investitsiya loyihalari muhokamasi
2026-04-09 22:30:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani hokimi Xamidullo Inomov turkiyalik tadbirkor va investorlar Bahri Ceyhan hamda Sehmus Ertas bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tuman hududida 300 gektar yer maydonida intensiv bog‘lar tashkil etish, mahsulotlarni qayta ishlash va qadoqlash, shuningdek, eksport va import masalalarini rivojlantirish bo‘yicha muhokamalar olib borildi.
Ushbu loyiha hududning qishloq xo‘jaligi salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda investitsiya muhitini mustahkamlashga qaratilgan.

