Farg‘ona tumanida eko turizm va piknik madaniyati rivojlanmoqda
2026-04-09 10:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani "Yuqori Archa" hamda "Do‘stlik" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida so‘lim tabiat qo‘ynida dam olish uchun qulay eko turistik maskanlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur hudud aholiga tabiat go‘zalligidan bahramand bo‘lib, sifatli va xavfsiz dam olish imkoniyatini taqdim etmoqda.
Piknik madaniyati – zamonaviy maʼnoda tabiat qo‘ynida taomlanish, go‘zal manzarali joylar, bog‘lar, ko‘l va o‘rmonlarda tashkil etilgan dam olish turidir. Ushbu tadbirlar aholining sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, tabiiy resurslarni asrab-avaylash va ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan.
Farg‘ona tumani bo‘yicha Ekopolisiyaning hududiy bo‘limi xodimlari tomonidan mazkur maskanlarda doimiy nazorat olib borilmoqda. Shuningdek, dam oluvchi aholi orasida ekologik targ‘ibot ishlari muntazam amalga oshiriladi. Jumladan, belgilanmagan joylarga chiqindilarni tashlamaslik, ikkilamchi qayta ishlovchi chiqindilarni maxsus qutilarga solish, atrof-muhitni ozoda va toza saqlash yuzasidan aholiga tushuntirish ishlari olib borilmoqda.



