Farg‘ona tumanida bandlikni oshirish masalalari muhokama qilindi
2026-04-08 21:00:00 / Majlislar

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyat mudiri Shuxratjon Raximov tashabbusi bilan Kengash qarori ijrosi yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda “yashirin ish o‘rinlarini legallashtirish orqali 2961 nafar aholi bandligini ta’minlash” vazifasi doirasida mas’ul tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Muhokama jarayonida tuman Kengashi deputatlari, kotibiyat vakillari hamda tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zolari ishtirok etib, amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy va tahliliy nuqtai nazardan atroflicha ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda belgilangan vazifalarning samarali ijrosi hududda bandlik darajasini oshirish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda aholi daromadlarini ko‘paytirishda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, mavjud ishlarni jadallashtirish, manzilli yondashuvni kuchaytirish hamda belgilangan ko‘rsatkichlarga to‘liq erishish zarurligi qayd etildi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ijro intizomini kuchaytirish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.





