“Ibratli oila” ko‘krak nishoni uchun nomzodlar saralandi
2026-04-08 16:00:00 / Yangiliklar

Jamiyatda tinch va farovon xonadon egalarining hayotiy tajribalarini keng jamoatchilikka ommalashtirish, oila institutini mustahkamlash hamda milliy oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan oilalarni rag‘batlantirish maqsadida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni ta’sis etilgan. Mazkur nishon bilan har yili 15-may — Xalqaro oilalar kuni munosabati bilan munosib nomzodlarni taqdirlash an’anaga aylangan.
Farg‘ona tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan 437-son qaror ijrosini ta’minlash doirasida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni uchun tuman bosqichidan o‘tgan nomzodlar hujjatlari maxsus komissiya tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi. Tanlov natijalariga ko‘ra, munosib deb topilgan nomzodlar viloyat bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.

