Farg‘ona tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
2026-04-06 17:15:00 / Majlislar

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyat mudiri Shuxratjon Raximov tashabbusi bilan tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi tashkil etildi.
Yig‘ilishda kotibiyat bosh mutaxassisi Ozodaxon Dadajonova ma’ruza qilib, ekspert guruhi Kengash faoliyatida muhim tayanch ekanini alohida ta’kidladi. Qayd etilishicha, mazkur tuzilma qabul qilinayotgan qarorlarning asosli, puxta va hayotiy bo‘lishini ta’minlashda muhim mexanizm bo‘lib xizmat qiladi. Shu orqali xalq manfaatlarini himoya qilish hamda hududlarda samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yishga salmoqli hissa qo‘shiladi.
Shuningdek, Shuxratjon Raximov o‘z so‘zida kelgusida tuman Kengashi bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, qarorlar sifatini oshirish, hududlardagi mavjud muammolarni tizimli o‘rganish va ularga o‘z vaqtida yechim topish zarurligini ta’kidladi.
Yig‘ilish yakunida ekspert guruhi a’zolari aholi farovonligini ta’minlash, hududlarni kompleks rivojlantirish hamda qabul qilinayotgan qarorlarning samaradorligini oshirish yo‘lida yanada faollik va mas’uliyat bilan ish olib borishga chaqirildi.






