“Yoshlar kuni” doirasida yoshlar muammolari o‘rganildi
2026-04-02 16:30:00 / Ochiq muloqotlar

“Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Fargʻona tumani hokimi Xamidullo Inomov hamda tuman prokurori Oybek Toshpulatovlar “Damko‘l” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, PQ-153-sonli qaror asosida yer maydoni ajratilgan yoshlarning mavjud muammolari bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish jarayonida mazkur hududdagi asosiy muammolardan biri — yer maydonlarini suv bilan ta’minlash masalasi ekanligi aniqlandi. Xususan, yoshlar tomonidan o‘zlashtirilayotgan yer maydonlariga suv chiqarish bilan bog‘liq qiyinchiliklar mavjudligi qayd etildi.
Shu munosabat bilan mas’ul tashkilotlar oldiga tik quduq orqali suv chiqarish, infratuzilmani yaxshilash hamda muammoni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.




