Qudratimiz birlik va hamjihatlikda
2026-03-31 18:00:00 / Yangiliklar

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazilib, unda turli avlod vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat, tajriba almashinuvi hamda milliy qadriyatlarni asrab-avaylash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv davomida maktab o‘quvchi-yoshlari hamda tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan bayram konsert dasturi namoyish etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Shuningdek, nuroniylar ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, unda hayotiy tajriba, milliy qadriyatlar, o‘zaro hurmat va totuvlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.









