To‘y va marosimlarda maromiylik masalalari muhokama qilindi
2026-03-30 15:05:00 / Ochiq muloqotlar

Fargʻona tumanida “Maromiylik” loyihasi doirasida “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishda davlat va jamoat tashkilotlarining roli” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda ma’naviy-ma’rifiy soha vakillari, mahalla raislari, otinoyilar, nuroniylar hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida ma’ruzachilar “Maromiylik” loyihasining jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, isrofgarchilikning oldini olish hamda milliy qadriyatlarga asoslangan hayot tarzini keng targ‘ib etishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdilar.




