Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
2026-03-30 20:00:00 / Majlislar

Xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashi deputati Ilhomjon Nosirov, Fargʻona tuman Kengashi kotibiyat mudiri Shuxratjon Rahimov hamda tuman Kengashi deputatlari tomonidan tumandagi "Boʻston" mahalla fuqarolar yigʻinida "Мahalla yettiligi" vakillari faoliyati va mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari atroflicha tahlil etildi.
O‘rganish davomida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, infratuzilmani rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, bandlikni ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlar keskin muhokama qilinib, mavjud muammolarning manzilli yechimlari bo‘yicha aniq taklif va vazifalar belgilab olindi.
Uchrashuv mahalla faollari, yettilik a’zolari va tuman Kengashi deputatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish va yangi tashabbuslarni amalga joriy etish uchun muhim yo‘nalish bo‘ldi.




