Log‘on qishlog‘ida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy muloqot maydoniga aylandi
2026-03-30 19:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Qo‘shnichilik — mingyilchilik” shiori ostida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazilib, unda turli avlod vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat, tajriba almashinuvi va ma’naviy qadriyatlarni targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida maktab o‘quvchi-yoshlari hamda tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan bayram konsert dasturi namoyish etildi. Ijodiy chiqishlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Shuningdek, nuroniylar ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, unda hayotiy tajriba, milliy qadriyatlar, o‘zaro hurmat va totuvlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.









