Log‘on qishlog‘ida yoshlar ijodiga e’tibor va tarixiy meros targ‘iboti
2026-03-30 18:45:00 / Yangiliklar

Log‘on qishlog‘ida tashkil etilgan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir doirasida yosh avlodning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda milliy tarix va qadriyatlarni keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida maktabning iqtidorli o‘quvchilari tomonidan yaratilgan ijodiy ishlar ko‘rgazmasi tashkil etilib, unda yoshlarning san’at va hunarga bo‘lgan qiziqishi, ijodiy yondashuvi yaqqol namoyon bo‘ldi. Shuningdek, tasviriy san’at burchagi ishtirokchilar va mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Alohida e’tiborga molik jihatlardan biri sifatida Log‘on qishlog‘ining boy tarixini aks ettiruvchi tarixiy muzey namunalari namoyish etildi. Mazkur ekspozitsiyalar orqali hududning o‘tmishi, urf-odat va an’analari keng jamoatchilikka yetkazildi.




