Qoʻshnichilik – mingyillik qadriyat
2026-03-30 18:30:00 / Yangiliklar

Koʻtarinki kayfiyatda, bayramona ruhda oʻtayotgan tadbirlar davomida hududdagi yoshlar oʻrtasida osh pishirish tanlovi ham tashkil etildi. Tanlov jarayonlari qizgʻin va qiziqarli ruhda kechib, ishtirokchilar oʻz mahoratlarini namoyon etdilar.
Tayyorlangan oshlar nuroniylardan iborat hakamlar hayʼati tomonidan baholanib, har bir ishtirokchining mehnati munosib eʼtirof etildi.


