Xalqaro chiqindilarsiz kun munosabati bilan tozalik chellendji o‘tkazildi
2026-03-28 20:25:00 / Yangiliklar

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi qaroriga ko‘ra, 30-mart butun dunyo bo‘ylab “Xalqaro chiqindilarsiz kun” sifatida nishonlanadi.
Mazkur sana munosabati bilan Farg‘ona tumani Yoshlar ishlari bo‘limi, tuman Ekologiya bo‘limi hamda mahalla faollari hamkorligida faol yoshlar va eko-faollar ishtirokida tozalik chellendji tashkil etildi.
Chellendj davomida tumandagi “Do‘stlik” va “Yuqori Archa” mahallalari hududidagi qir-adirliklar mahalliy dam oluvchilar tomonidan qoldirilgan chiqindilardan tozalandi. Yig‘ilgan chiqindilar maxsus texnikalar yordamida olib chiqildi.









