Fargʻona tumanida dorixonalar uchun elektron retsept tizimi boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi
2026-03-28 15:35:00 / Majlislar

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-sentabrdagi 570-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Fargʻona tumanida dorixonalar faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Unda Departamentning Fargʻona tuman boʻlimi, Soliq inspeksiyasi rahbari hamda viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼul xodimlari ishtirok etdi. Yigʻilishga tumanda faoliyat yuritayotgan dorixonalar mansabdor shaxslari ham jalb qilindi.
Tadbir davomida D-Med tizimida “Elektron retsept”dan foydalanish samaradorligini oshirish, tizimdan toʻgʻri va samarali foydalanish, shuningdek, mazkur yoʻnalishda yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.
Yigʻilish yakunida ishtirokchilarga tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.






