Fargʻona tumanida davlat xizmatchilari tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmoqda
2026-03-28 15:30:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi topshirigʻiga asosan joriy yilning 25-martidan 6-apreliga qadar Fargʻona tumanida faoliyat yuritayotgan davlat fuqarolik xizmatchilarini belgilangan tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Fargʻona tumani hokimligi apparati xodimlari chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.
Tibbiy koʻrik davomida xodimlarning salomatlik holati atroflicha tekshirilib, kasalliklarning oldini olish, erta aniqlash hamda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga alohida eʼtibor qaratildi.









