Fargʻona tumanida yoshlar bilan ishlash masalalari tanqidiy muhokama qilindi
2026-03-26 22:15:00 / Majlislar

Shuningdek, yigʻilish davomida “Yoshlar kuni” munosabati bilan korxona va tashkilot rahbarlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, tashkilotlar kesimida rahbarlarga biriktirilgan yoshlar bilan oʻtkazilgan suhbatlar, ishlab chiqilgan manzilli dasturlar, yoshlarning muammolarini hal etish yuzasidan bajarilgan ishlar hamda mahallalardagi ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar tanqidiy tahlil qilindi.
Yigʻilishda yoshlar bilan ishlashda sustkashlikka yoʻl qoʻyayotgan ayrim korxona va tashkilot rahbarlari ogohlantirildi. Ularga qoʻshimcha ravishda berilgan bir hafta muddat davomida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli yakuniga yetkazish, yoshlarning muammolarini individual asosda hal etish hamda ularning bandligini taʼminlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, topshiriqlar ijrosi yakuni boʻyicha belgilangan tartibda tegishli choralar koʻrish, shu bilan birga samarali faoliyat olib borayotgan rahbarlarni ragʻbatlantirish masalalari ham muhokama etildi.






