Fargʻona tumanida murojaatlar ijrosi yuzasidan tahliliy-tanqidiy yigʻilish oʻtkazildi
2026-03-26 21:55:00 / Majlislar

Fargʻona tumani hokimi Xamidullo Inomov hamda tuman prokurori Oybek Toshpulatovlar boshchiligida hokim oʻrinbosarlari, tumandagi korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirokida tahliliy-tanqidiy yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilish kun tartibida fuqarolarning murojaatlari va ularning ijrosi tashkilotlar kesimida atroflicha tahlil qilindi. Xususan, murojaatlar bilan ishlashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar, ularni oʻz vaqtida koʻrib chiqmaslik, ijrosini asossiz ravishda choʻzish yoki tushuntirish bilan cheklanish holatlari tanqidiy muhokama qilindi.
Shu bilan birga, murojaatlar ijrosiga eʼtiborsiz boʻlgan, ularni belgilangan muddatlarda hal etmagan rahbarlarga nisbatan qatʼiy choralar koʻrish, aksincha, murojaatlarni oʻz vaqtida va ijobiy hal etgan rahbarlarni ragʻbatlantirish masalalari koʻrib chiqildi.
Tashkilotlar tomonidan bildirilgan takliflar asosida muammolarga yechim ishlab chiqish hamda murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida masʼullarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berildi.









