Fargʻona tumani oʻquvchilari “Oʻqish savodxonlari” tanlovida yuqori natijalarni qoʻlga kiritdi
2026-03-18 21:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 11–14-mart kunlari oʻtkazilgan “Oʻqish savodxonlari” tanlovi yoshlarning bilim darajasi, tafakkuri hamda tahliliy fikrlash qobiliyatini sinovdan oʻtkazgan nufuzli bellashuvlardan biri boʻldi.
Mazkur tanlovda Fargʻona tumanidagi 55-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari munosib ishtirok etib, oʻzlarining yuqori saviyadagi bilimlari, teran fikrlashi hamda oʻqishga boʻlgan qiziqishlari bilan ajralib turdilar. Ular viloyat miqyosida 1- va 2-oʻrinlarni qoʻlga kiritib, haqiqiy gʻolib ekanliklarini namoyon etdilar.
Ayni paytda Fargʻona tumani oʻquvchilari Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri tomonidan oʻtkazilayotgan taqdirlash marosimida ishtirok etmoqda.
Ushbu yutuqlar oʻquvchilarning izchil mehnati, ustozlarning fidoyiligi hamda taʼlim jarayoniga boʻlgan masʼuliyatli yondashuv natijasi ekanligi alohida eʼtirof etildi.




