Notinch oilalar bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
2026-03-18 19:05:00 / Ochiq muloqotlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona tumani Xalq qabulxonasida navbatdagi qabul o‘tkazildi. Unda Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Xamidaxon Abduganiyeva, tuman Adliya boʻlimi boshligʻi Sarvarbek Maxkamov, tuman ishchi guruh aʼzolari ishtirok etdi.
Mazkur qabul notinch oilalar bilan profilaktik suhbatlar olib borish, oilaviy muammolarni barvaqt aniqlash va ularni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlandi. Tadbir davomida murojaat bilan kelgan fuqarolarning fikr va takliflari atroflicha tinglanib, har bir holat ishchi guruh tomonidan chuqur tahlil qilindi.
Muhokamalar natijasida oilaviy nizolarni hal etish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish hamda profilaktik ishlarni kuchaytirishga qaratilgan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.






