Farg‘ona tumanida xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qabul o‘tkazildi
2026-03-16 19:05:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumanining “Kaptarxona” mahallasida xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan navbatdagi qabul tashkil etildi. Unda Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari ishtirok etdi.
Qabul davomida mahallada istiqomat qiluvchi xotin-qizlar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Unda oilaviy muammolarni barvaqt aniqlash, ularni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to‘g‘risida” PF-33-son Farmoni hamda PQ-1-sonli qarori mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.


