Fargʻona tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari BMBA sertifikatlarini qo‘lga kiritdi
2026-03-11 13:00:00 / Yangiliklar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Farg‘ona tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari Bilim va malakalarni baholash agentligining ona tili va adabiyot fanidan sertifikatlarini muvaffaqiyatli qo‘lga kiritdilar.
Mazkur natijalar o‘quvchilarning fan bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari yuqori darajada ekanini yana bir bor tasdiqladi. Sertifikat sohiblari quyidagilar:
10-sinf o‘quvchilari:
Fazliddinova Gulshanoy – A
Olimjonova Xonzodabegim – B+
Rahmatjonova Rayhona – C+
9-sinf o‘quvchilari:
Yo‘lchiyev Temurmalik – B+
Bekmirzayev Muhammad Sodiq – C+
Hakimjonov Abdulloh – C+
Rustamova Gulsanamxon – C
Fargʻona tumani hokimligi iqtidorli o‘quvchilarni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklab, ularning kelgusi o‘qish va faoliyatida yanada ulkan yutuqlar tilaydi.






