“NAVRO‘ZNI ULUG‘LASH – INSONNI ULUG‘LASHDUR!”
2026-03-14 19:00:00 / E'lonlar

Assalom, Navro‘z – yangilanish va yasharish bayrami!
Farg‘ona tumani hokimligi barcha tumanimiz ahli va mehmonlarini bahorning eng go‘zal ayyomi – Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan tashkil etilayotgan tantanali bayram dasturiga taklif etadi!
Dasturda sizni nimalar kutmoqda?
🎤 Taniqli san’atkorlar ishtirokidagi katta konsert dasturi;
🍲 Sumalak sayli va milliy taomlar ko‘rgazmasi;
🤼♂️ Milliy o‘yinlar: Kurash, arqon tortish va polvonlar bellashuvi;
💃 Folklordasturlari: Maqom kechalari va milliy raqslar.
📍 Manzil va vaqt:
📅 Sana: 2026-yil, 19-mart
🕚 Vaqt: Soat 11:00 da
🏟 Joy: Farg‘ona tumani, “Yoshlarobod” markaziy o‘yingohi
Barchangizni aziz mehmonimiz sifatida kutib qolamiz!
Yurtimiz tinch, Navro‘zimiz muborak bo‘lsin!
