E’LON
2026-03-06 21:05:00 / E'lonlar

Fargʻona tumani hokimining tegishli farmoyishi bilan tumanda haftaning har shanba kuni "Tozalik va ozodalik kuni" deb eʼlon qilinib, uyushqoqlik bilan hasharlar tashkil etilishi belgilandi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 7–8-mart kunlari tuman hududidagi barcha mahallalarda ommaviy hashar oʻtkaziladi.
Hashar doirasida mahalla guzarlari, aholi gavjum joylar, ichki koʻchalar hamda qabristonlarda obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshiriladi.
Tumanimiz aholisini, mahalla faollarini, jamoat tashkilotlari va barcha masʼul tuzilma vakillarini mazkur tadbirda faol ishtirok etishga chorlaymiz.
Fargʻona tumani ravnaqi va obodonligi yoʻlida birgalikda harakat qilaylik.
