“Yoshlar ijod ko‘chasi” loyihasi taqdim etildi
2026-03-05 21:10:00 / Ochiq muloqotlar

“Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Xamidullo Inomov Fargʻona tumanining “Obod” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan takliflar bilan tanishdi.
Mahalla yoshlar yetakchisi Islomjon Muhammadjonov tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, tuman aholisi hamda hududga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida mahalla hududida “Yoshlar ijod ko‘chasi”ni tashkil etish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar yuzasidan taqdimot qilindi.



