Yoshlar bandligi ta’minlanayotgan xususiy klinika faoliyati o‘rganildi
2026-03-05 20:10:00 / Ochiq muloqotlar

“Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Xamidullo Inomov Fargʻona tumanidagi “Xonqiz” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat yuritayotgan “Nodir Shifo Med” xususiy klinikasiga tashrif buyurib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida klinikada yaratilgan sharoitlar, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar hamda muassasa tomonidan yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, klinikada doimiy ishga joylashtirish orqali bandligi ta’minlangan yoshlar bilan suhbatlashilib, ularning mehnat faoliyati, kelgusidagi rejalari hamda tashabbuslari haqida fikr almashildi.



