Sud-huquq tizimi masalalari yuzasidan sayyor qabul tashkil etildi
2026-03-03 10:05:00 / Ochiq muloqotlar

Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudining tergov sudyasi Xislatjon Kukonboyev ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning sud-huquq tizimiga oid muammo, taklif va mulohazalari tinglandi. Fuqarolarning murojaatlari batafsil o‘rganilib, huquqiy tushuntirishlar berildi.
Ro‘yxatga olingan murojaatlarni ijroga qaratish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.




