Tadbirkorlarning huquq va erkinliklari qonun himoyasida
2026-03-02 19:05:00 / Yangiliklar

Fargʻona tumani prokurori Oybek Toshpulatov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.06.2019-yilgi PQ-4363-sonli Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 09.03.2019-yildagi 134-sonli Qarori ijrosi boʻyicha tashkil etilayotgan barcha loyihalar nazoratga olingan.
Xususan, Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari Akbarjon Axrorov va tuman prokuraturasi mas'ullari kichik sanoat zonalaridagi tadbirkorlar bilan uchrashib, loyihalarning oʻz vaqtida ishga tushirilishi va kechikish sabablari masʼullar ishtirokida tanqidiy muhokama qilindi.
Shuningdek, oʻrganishda asosan ishlab chiqarish quvvati, xomashyo taʼminoti, sifati, sanitariya va texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishi, kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish holati masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shu bilan birga, loyiha ishga tushirilgach yaratiladigan yangi ish oʻrinlari va ichki bozorni mahalliy mahsulot bilan taminlash istiqbollari muhokama qilinib, masullarga loyihalarni belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.



