“Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
2026-02-02 15:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan xotin-qizlarning bandligi va ijtimoiy faolligini ta’minlashga qaratilgan “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovining tuman bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning PF-17-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 462-son qarori asosida o‘tkazildi.
Tanlov doirasida mahallalardan tavsiya etilgan ijtimoiy loyihalar tuman komissiyasi tomonidan belgilangan mezonlar asosida atroflicha ko‘rib chiqildi va baholandi. Xususan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, kamida 3 nafar xotin-qizni doimiy ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish va ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, loyihalarning iqtisodiy barqarorligi, daromadliligi, amaliy ahamiyati va uzoq muddatli istiqbollari muhim mezon sifatida baholandi.


