Farg‘ona tumanida malina plantatsiyasi loyihasi o‘rganildi
2026-02-20 16:00:00 / Yangiliklar

Fargʻona tumani hokimi Xamidullo Inomov hamda Turonbank ATB Boshqaruvi raisi Chori Mirzayev Farg‘ona tumani “Sanoat” mahallasida bankning invest korxonasi — “Farg‘ona Turon bog‘lari” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan malina plantatsiyasini tashkil etish loyihasi bilan tanishdilar.
O‘rganish jarayonida loyiha doirasida yer maydonlaridan samarali foydalanish, intensiv ko‘chat ekish, tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish hamda eksportbop mahsulot yetishtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, loyiha natijasida yangi ish o‘rinlari yaratish, hududda zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish va mahalliy byudjet tushumlarini oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.


