Farg‘ona tumanida ta’lim masalalari yuzasidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
2026-02-19 15:35:00 / Ochiq muloqotlar

Farg‘ona tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Shavkatjon Yuldashev tomonidan tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarga jamoatchilik munosabatini o‘rganish, murojaatlarni joyida hal etish hamda ularning sonini kamaytirish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.
Farg‘ona tumani Xalq qabulxonasi bilan kelishilgan reja-jadval asosida 2026-yil davomida o‘tkazilishi belgilangan qabullardan navbatdagisi “Gulpiyon” MFY binosida bo‘lib o‘tdi.
Qabul jarayonida 7 nafar jismoniy va yuridik shaxs vakillari ishtirok etdi. Ta’lim tizimiga oid 2 ta murojaat kelib tushib, ular belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va nazoratga olish uchun rasmiylashtirildi.
Murojaatlarning aksariyati ta’lim muassasalariga ishga joylashish hamda farzandlarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylashtirish masalalariga taalluqli bo‘ldi.


