IRLS xalqaro tadqiqoti doirasidagi test sinovlari izchil tashkil etilmoqda
2026-02-10 16:05:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 55-umumiy o‘rta ta’lim maktabida PIRLS xalqaro tadqiqotining 3-bosqich test sinovlari belgilangan tartib va xalqaro talablar asosida muvaffaqiyatli tashkil etilib, o‘tkazildi.
Test jarayonida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini aniqlash, matnni tushunish va tahlil qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini baholashga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, test topshiriqlarini bajarish jarayonida shaffoflik, adolatlilik va sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilandi.
Ayni vaqtda maktabda PIRLS xalqaro tadqiqotiga tayyorgarlik ishlari izchil davom ettirilib, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.



