Ro‘yxatga olish tadbiri — mamlakat taraqqiyotini aniq raqamlar asosida rejalashtirishning muhim bosqichi
2026-02-10 14:05:00 / Yangiliklar

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri mamlakat taraqqiyotini aniq raqamlar asosida rejalashtirishning eng muhim bosqichi hisoblanadi. Ushbu jarayonning samarasi avvalo aholi tomonidan taqdim etilayotgan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga va to‘liqligiga bog‘liq.
Xususan, Farg‘ona tumani "Tinchlik" MFYga tashrif buyurildi. Ushbu hududda mahalla yettiligi tomonidan birinchi bosqichda ro‘yxatdan o‘tolmagan fuqarolar xonadonma-xonadon yurib, maxsus planshetlar orqali ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Mahallada jami 534 ta uy xo‘jaliklari, 640 ta oila hamda 2 498 ta aholi istiqomat qiladi. Aholining deyarli 90 foizdan ortig‘i ro‘yxatdan o‘tganligi quvonch bilan qayd etiladi.
Mazkur tadbir mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini rejalashtirish, aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.



