Yuklamalar qaytadan teng taqsimlanmoqda
2026-02-10 12:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumandagi “Boy mahalla” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 137-sonli transformator punktidan chiquvchi elektr tarmoqlari texnik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Shu bilan birga, mavjud yuklamalarni qayta tahlil qilish asosida ularni teng taqsimlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Olib borilayotgan mazkur texnik tadbirlar mavsum davomida iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, tarmoqlarda ortiqcha yuklama yuzaga kelishi natijasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda avariyaviy uzilishlarning oldini olish maqsad qilingan.
