Kibersport — zamonaviy bilim va sog‘lom raqobat maydoni
2026-02-05 09:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-noyabrdagi “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–423-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona davlat texnika universitetida “Kibersport” musobaqasi tashkil etildi.
Mazkur musobaqa yosh xodimlarning kompyuter va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Unda Farg‘ona viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan 110 nafar yosh xodim faol ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Farg‘ona shahar IIB jamoasi birinchi o‘rinni, Farg‘ona viloyati IIB jamoasi ikkinchi o‘rinni, Farg‘ona tumani IIB jamoasi esa uchinchi o‘rinni egalladi.
Farg‘ona tumani hokimligi nomidan Farg‘ona tumani IIB jamoasi ushbu natija bilan tabriklaymiz. Kelgusida ham yosh xodimlar o‘rtasida zamonaviy bilim va innovatsion ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan bunday tadbirlar izchil davom ettiriladi.





