Farg‘ona tumanida voyaga yetmaganlar o‘rtasida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi
2026-01-29 19:35:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1 sonli qarori hamda Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining 2026-yil 21-yanvardagi 6-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Murodjon Qunduzov tomonidan tumandagi “Marg‘ilon” mahallasida joylashgan “LE CRAYON” NTM xususiy maktabi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida podpolkovnik Qunduzov maktab o‘quvchi yoshlar bilan uchrashib, voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan davra suxbati o‘tkazdi. Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni mustahkamlash, qonuniylik tamoyillarini tushuntirish hamda xavfsiz ijtimoiy muhitni ta’minlashga qaratilgan.



