Farg‘ona tumanida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi
2026-01-29 19:40:00 / Ochiq muloqotlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Xamidullo Inomov va tuman prokurori Oybek Toshpo‘latovlar ishtirokida navbatdagi shaxsiy qabul tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan yo‘llangan bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda oylik ish haqi bilan bog‘liq murojaatlar ko‘rib chiqildi. Mas’ul korxona va tashkilotlarga murojaatlarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, ayrim murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berilib, fuqarolar bilan izchil muloqot o‘rnatildi.



