Farg‘ona tuman Kengashining 18-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-01-29 18:00:00 / Majlislar

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdagi 18-sessiyasi o‘tkazildi. Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, Farg‘ona tumani hokimi va uning tegishli o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdi. Sessiyani tuman Kengashi raisi Baxodir Axmadjonov olib bordi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaror ijrosi; Farg‘ona tumani prokuraturasi tomonidan 2025-yil davomida qonuniylik holati va jinoyatchilik ahvoli; hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat tartibini saqlash choralari; davlat organlarining norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti; geografik obektlar nomlarini normallashtirish va davlat reestriga kiritish; hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tashkilot rahbarlari faoliyati; “Tashabbusli budjet” jarayonining 4-chorak natijalari; jamoatchilik fikrini monitoring qilish bo‘yicha ishchi komissiya tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish; shuningdek, doimiy komissiyalar tarkibi va ularning shaxsiy tarkibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalalari.
Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha doimiy komissiyalar rahbarlari va mas’ul tashkilotlar hisobotlari tinglandi, deputatlar o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi. Mazkur masalalar yuzasidan qaror loyihalari tasdiqlandi va amaliy ijroga qaratildi.









