Farg‘ona tumanida mebel sanoatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
2026-01-29 16:55:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari Akbarjon Axrorov “Wuhan Huasheng Jiamei Furniture Co., LTD” korxonasiga tashrif buyurdi. Mazkur tashrif tuman hududida sanoatni, xususan mebel ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish hamda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga qaratildi.
Tashrif davomida hokim o‘rinbosari korxonaning mebel ishlab chiqarish yo‘nalishlari, mavjud ishlab chiqarish quvvatlari hamda zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari va ularning ichki hamda tashqi bozorlarga yo‘naltirilayotgani alohida e’tirof etildi.
Uchrashuv chog‘ida yangi ish o‘rinlari yaratish, ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Shu bilan birga, korxona faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.







