Xalqaro sanoat hamkorligi yo‘lida amaliy tashrif
2026-01-29 16:40:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari Akbarjon Axrorov Xitoyda joylashgan “Sit.Charm (Wuhan) Automotive Interior Decoration Co., LTD” korxonasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmon korxonaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdi. “Sit.Charm” kompaniyasi avtomobil ichki bezaklari — o‘rindiq qoplamalari, boshqaruv paneli dekorlari, salon uchun aksessuarlar va boshqa avtomobil ichki elementlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxonada zamonaviy texnologiyalar hamda sifatni nazorat qilishning ilg‘or tizimlari joriy etilgan bo‘lib, mahsulotlar ichki va xalqaro bozorlarga yetkazib berilmoqda.
Shuningdek, tashrif davomida ishlab chiqarish jarayonlari ko‘zdan kechirilib, yangi ish o‘rinlari yaratish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va eksport salohiyatini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Korxona rahbariyati bilan kelgusidagi istiqbolli loyihalar, hamkorlik imkoniyatlari hamda mahalliy ishchi kuchini qo‘llab-quvvatlash masalalarida fikr almashildi.





