6-sinf o‘quvchisi IELTS imtihonida yuqori natijaga erishdi
2026-01-27 10:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi A‘zamjonov Muhammadziyo Abobakirovich ingliz tili fanini bilish darajasini aniqlovchi xalqaro IELTS imtihonida 6.0 ball natijani qo‘lga kiritdi.
Mazkur natija yosh o‘quvchining bilim olishga bo‘lgan yuqori intilishi, izchil mehnati va qat’iyati, shuningdek, ustozlarining tizimli va fidokorona sa’y-harakatlari samarasi ekanini alohida ta’kidlash lozim. Bunday yutuqlar umumta’lim maktablarida chet tillarini o‘qitish sifatini oshirish, yoshlarning xalqaro ta’lim maydoniga chiqishiga mustahkam zamin yaratmoqda.
Muhammadziyo A‘zamjonovning erishgan muvaffaqiyati tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib, kelgusida yanada yuksak marralarni zabt etishiga ishonch uyg‘otadi. Yosh o‘quvchiga ta’lim yo‘lida yangi yutuqlar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
