“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” ko‘rik-tanlovining hudud bosqichi bo‘lib o‘tdi
2026-01-24 09:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2026-yil 8-yanvardagi 02-03/1-03/6-150-sonli xati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 54-son majlis bayoni ijrosi asosida Farg‘ona tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 38-umumta’lim maktabida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” Respublika ko‘rik-tanlovining hudud bosqichi muvaffaqiyatli tashkil etildi.
Mazkur tanlov o‘quvchilarning ekologik bilim va dunyoqarashini kengaytirish, atrof-muhitni asrashga bo‘lgan mas’uliyat hissini kuchaytirish, shuningdek ekologik qonunchilikka oid bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z bilim, iqtidor va faolliklarini namoyon etib, ekologiya sohasidagi muhim tushunchalar bo‘yicha bellashdilar.
Tanlov yuqori saviyada, qiziqarli va samimiy muhitda o‘tkazilib, o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish, tabiatga mehr va mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.







