Murojaatnoma va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmuni pedagoglarga yetkazildi
2026-01-23 09:05:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda O‘zbekiston – 2030 strategiyasi mazmun-mohiyatini joylarda keng targ‘ib etish maqsadida Farg‘ona tumani 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida pedagog-xodimlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari Ozodaxon Dadajonova, Shuxratjon Raximov hamda Adolat SDP Farg‘ona tuman Kengashi raisi Nodirbek Karimov ishtirok etib, ta’lim tizimini rivojlantirish, mahalla hayotini faollashtirish va xalq farovonligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berdilar.
Ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbir islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, pedagoglarning mas’uliyatini yanada oshirish hamda belgilangan strategik maqsadlarni hayotga tatbiq etishga xizmat qildi.


