Farg‘ona tumanida “Kitobxon hamshira” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
2025-12-13 11:15:00 / Yangiliklar

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat tuman bo‘limi, tibbiyot birlashmasi hamda Axborot-kutubxona markazi hamkorligida “Kitobxon hamshira” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.
Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad tibbiyot xodimlari, xususan hamshiralar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish, ularning maʼnaviy saviyasini oshirish va ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘qigan asarlari yuzasidan taqdimotlar qildilar, badiiy adabiyotlardan parchalar o‘qidilar hamda kitobxonlik borasidagi bilim va tafakkurlarini namoyish etdilar. Tanlov jarayonida ularning nutq madaniyati, sahna mahorati va kitobga bo‘lgan qiziqishi alohida eʼtirof etildi.
Yakunda g‘olib va faol ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.







