Farg‘ona tumanida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
2025-12-12 12:00:00 / Yangiliklar

Maktabda o‘quvchilar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, Vatanga sadoqat va uni himoya qilishga tayyorlik ruhini shakllantirish maqsadida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir — “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
Tadbirda faxriy harbiylar, chegara qo‘shinlari ofitserlari hamda oddiy askarlar ishtirok etishdi.
Dastlab o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan chiqishlar namoyish etildi. Shundan so‘ng harbiylar va o‘quvchilar o‘rtasida samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi. Savol-javob tarzida o‘tgan suhbat davomida o‘quvchilar harbiy xizmatning mazmun-mohiyati, harbiylarning kundalik faoliyati va turmush tarzi, harbiy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirish, chegaralarni himoya qilishdagi sharafli burch kabi mavzularda batafsil maʼlumotga ega bo‘lishdi.
Ishtirokchilar harbiylar tomonidan aytilgan fikrlarni katta qiziqish va hayajon bilan tinglab, ulardan motivatsiya oldilar.









