Fan olimpiadasining III – viloyat bosqichi g‘oliblari e’lon qilindi
2025-12-12 10:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani maktablari va "Le Crayon" nodavlat ta’lim muassasasi o‘quvchilari viloyat bosqichida munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdi.
36-maktab o‘qituvchisi Kamoldinov Furqat Foziljon o‘g‘li rahbarligidagi 9-sinf o‘quvchilari:
▪️ Yusufjonova Shukronabonu Tolibjon qizi – Tarix fanidan 1-o‘rin,
▪️ Rasuljonova Shabnamoy Asiljon qizi – Tarix fanidan 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
"Le Crayon" NTM o‘qituvchilari Xolmirzayev Xayotjon Qirgʻizbayevich, Karabayev Davlatjon Qobiljonovich va Karimova Muhlisa Anvarjon qizi tomonidan tayyorlangan iqtidorli o‘quvchilar ham yuqori marralarni zabt etishdi:
▪️ Valijon Abdurauf Rasuljon o‘g‘li – Huquq fanidan 1-o‘rin,
▪️ Mamadisoyev Asadbek Fozil o‘g‘li – Huquq fanidan 3-o‘rin,
▪️ G‘ulomov Muhammadqodir Elbek o‘g‘li – Biologiya fanidan 1-o‘rin,
▪️ G‘ulomova Shahruza Elbek qizi – Kimyo fanidan 2-o‘rin,
▪️ Qobiljonov Tohirjon Davlatjon o‘g‘li – Biologiya fanidan 1-o‘rin.
Gʻolib yoshlarimizning barchasi fan olimpiadasining navbatdagi – Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Farg‘ona tumani hokimligi nomidan barcha g‘oliblarni chin yurakdan tabriklaymiz!
Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin!





