Farg‘ona tumanida “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda
2025-12-06 18:00:00 / Yangiliklar

“Yashil makon” umummilliy loyihasining izchil amalga oshirilishi doirasida Farg‘ona tumanida ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil hududlar maydonini kengaytirish va aholining turmush sifati hamda sog‘lom hayot tarzini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Shu maqsadda tumanning “Yangi asr” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi katta yo‘l bo‘yi bo‘ylab tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Mazkur ko‘chat ekish ishlari hududda atmosferadagi chang miqdorini kamaytirish, havo sifatini yaxshilash va tuman ko‘rkini oshirishga xizmat qiluvchi muhim ekologik tashabbusdir.
Ushbu faoliyat davlatimiz tomonidan ilgari surilayotgan ekologik islohotlar, xususan, yashil maydonlarni kengaytirish, hududlarning ekologik barqarorligini ta’minlash va fuqarolarga yanada qulay yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan strategik maqsadlar bilan hamohangdir.
Farg‘ona tumanida amalga oshirilayotgan ushbu ko‘kalamzorlashtirish ishlari kelgusida ekologik muhitni sog‘lomlashtirishga, urbanizatsiya jarayonlarida muvozanatni saqlashga hamda yashil hududlar salmog‘ini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.




